Ushbu kitob ulug‘ bobokalonlarimizdan bo‘lgan alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy qalamlariga mansub nodir bir asardir. Muallif «Turkiston qayg‘usi» (1966—1973) nomli bu asarida xalqimiz qanday kilib bosqinchilarga qaram bo‘lib qolgani va dinni, Vatanni, millatni asrash kerakligi, mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun nimalar qilmoq zarur ekanligi to‘g‘risida o‘sha mustabid sovet tuzumi davrida yetuk siyosiy arbob sifatida chuqur siyosiy-ijtimoiy mantiq asosida mukammal bayon etadi.
Shu bilan birga, bu asarda Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi davrlardan to XIX asr oxirigacha bo‘lgan davr ichida qurgan davlatlari, Amir Temur haqida, turkiy xalqlar etnografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar ham bor.
This version of Alixonto‘ra Sog‘uniy Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of Alixonto‘ra Sog‘uniy Android App, We have 1 version in our database. Please select one of them below to download.