G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari
Yoqubov G’ulomiddin Toshpo’latovich (1950.01.03, Toshkent) - xonanda, O’zbekiston (1987) va Qoraqalpog’iston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973-1974), O’zbek davlat filarmoniyasi (1967-1968 va 1974 yildan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional ko’tarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, go’zallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qo’shiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qo’shiqlari ommaviylashgan: «Zilola», «Sen o’zing», «Qaraysan», «Oshiqnoma» va boshqalar. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uyg’ur va boshqalar) qo’shiqlari, shuning’dek, «Segoh», «Dugoh», «Guluzorim», «Feruz I-II» kabi o’zbek mumtoz ashulalar o’rin olgan.1990- yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qo’shiqchiligi uslubida ijod etmoqda: «Dilorom», «Begoyim», «Qomat», «Ketolmaysan», «Elim deb», «Xush kelding, muborak sarvarim Navro’z» va boshqalar. Ba'zi qo’shiqlar kuylarini Yoqubov G’ulomiddin o’zi yaratgan: «Muhabbat», «Unutilmasin», «Majnuntol», «O’ylasam», «Sening kulishlaring», «Parvardigor asrasin», «Bir qarasam» va boshqalar. «Majnuntol» gramplastinkasi «Melodiya» gramyozuv firmasining «Oltin disk» mukofotiga sazovor bo’lgan (1985). «Do’stlik» (1996), «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Ushbu ilovada G`ulomjon Yoqubovning:
- Dilorom 2
- Ey dil
- Ichaman
- Layli
- Muhabbat
- Ona
- Qalbimni qaytar
- Qizg`ondim sizni
- San mani
- Sevarmiding
- Shohista
- Shoshma
- Sog`inganimda
- Umr o`tar vaqt o`tar
- Vatan
- Vo ajab
- Yillar o`tar
- Yorimey
- Zang nomli taronalari joy olgan.
This version of G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of G'ulomjon Yoqubov qo'shiqlari Android App, We have 1 version in our database. Please select one of them below to download.