Siz sevgan qo'shiqlar
Oxunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
This version of Oxunjon Madaliyev Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of Oxunjon Madaliyev Android App, We have 1 version in our database. Please select one of them below to download.