Tahlil 1.0.3 Icon
4.5
52 Ratings
5K+
Downloads
1.0.3
version
May 19, 2017
release date
3.5 MB
file size
Free
Download

What's New

About Tahlil Android App

Loyiha arab tili grammatikasini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalarga mo‘ljallangan. Dasturdan foydalanishdan oldin yoki foydalanish davrida arab tili grammatikasiga oid kitob o‘qish tavsiya etiladi.

Dastur “Arab tili darsligi va tarkib qoidalari” (Mabdu’ul qiroat) va “Mabda’un nahv” kitoblari asosida tuzilgan. Dastur grammatik tahlil, e’roblash hamda amaliyot bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni foydalanish uchun internet shart emas.

Mazkur dasturning asosiy imkoniyatlari:

— Klassik arab tilida grammatik tahlil qilish

— Javoblarni variant usulida berish

— Noto‘g‘ri javob belgilangan taqdirda, to‘g‘ri javobni avtomatik ko‘rsatish

— Tahlil bo‘limida har bir darsning oxirida qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot berish

— O‘rganuvchini darsni o‘zlashtirishiga qarab har bir darsning so‘ngida “A’lo” “Yaxshi” “Qoniqarli” “Qoniqarsiz” tarzda baholash

— O‘rganuvchi “Qoniqarsiz” baho olganda unga keyingi darsga o‘tish imkonini bermaslik.

— E’roblar bilan ishlash imkoniyati

— Darslarni o‘zlashtirish jarayonini foizlarda hisoblash

— Faqatgina ma’lum bir qoidani misollar bilan ishlash

Dastur quyidagi bo‘limlardan iborat:

Tahlil — Bu bo‘limda o‘quvchi grammatik tahlillar bilan ishlaydi. Ushbu bo‘limning afzalligi shundaki, o‘rganuvchi berilgan gaplarni klassik arab tilida tahlil qilish imkoniyatiga ega. Belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, avtomatik tarzda to‘g‘ri javob va uning tahlili keltiriladi. Har bir darsning so‘ngida dars necha foizga o‘zlashtirilgani va qaysi qoidalarda xato qilingani haqida ma’lumot beriladi. Bu esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi. Bu bo‘lim 52 darsdan iborat.

E’roblash — Arab tilini o‘rganishda so‘zning oxirgi harakatini qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, ikkinchi bo‘limda bunday imkoniyat taqdim etildi. Bu bo‘lim ham 52 darsdan iborat bo‘lib, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Amaliyot — Bu bo‘limda har bir grammatik qoidaga tegishli jami 800 dan ortiq misollar berilgan. Ushbu bo‘limda o‘quvchi qaysi qoidani tushunishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsa, shu qoida bo‘yicha o‘z ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda, o‘rganuvchi, gapdagi joriy qoidaga tegishli so‘zni topib belgilashi kerak.

Other Information:

Package Name:
Requires Android:
Android 4.0+ (Ice Cream Sandwich, API 14)
Other Sources:

Download

This version of Tahlil Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.

Variant
3
(May 19, 2017)
Architecture
Unlimited
Minimum OS
Android 4.0+ (Ice Cream Sandwich, API 14)
Screen DPI
nodpi (all screens)

All Versions

If you are looking to download other versions of Tahlil Android App, We have 2 versions in our database. Please select one of them below to download.

Loading..