Sevimli qo'shiqlar
Ushbu ilovada Yalla guruhining:
Altinay
Assalom
Baxchevan
Bir bo`sa ber kulgularingdan
Dilorom
Fig`onkim
Город снов
Jinuri
Караван
Ko`chalar
Kustar
Любимые глаза
Majnuntol
Nikolay
Omon yor
O`zbek ayoli
O`zbekiston
Qilpillama
Шахрисабз
Torimning siri
Toshkent
Yallama yorim nomli qo`shiqlari joy olgan.
Yalla — oʻzbek folk-, rokva pop-guruhi. Asoschisi va solisti — Farrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.
„Yalla“ vokal-cholgʻu ansambli 1970 yilda Toshkent shahrida Toshkent Teatr Instituti va Toshkent Konservatoriyasi bitiruvchilaridan tuzilgan. 1971-yildagi „Allo, isteʼdodlarni qidirayapmiz“ ("rus. Алло, мы ищем таланты") Butunittifoq koʻrik-tanlovida Farruh Zokirov boshchiligidagi „Yalla“ ansambli rus tilida ijro etgan „Na tot bolshak“ qoʻshigʻi ularga koʻrik-tanlov diplomini keltirib, katta shuhrat berdi. 1974-yilda esa Oʻzbekistonda ancha tanilib qolgan „Yalla“ Bratislavadagi tanlovda „Majnun tol“ qoʻshigʻi bilan Gʻarbdagi tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. Ularning „Uch quduq“ qoʻshigʻi esa Ittifoq shlyageriga aylandi.
This version of Yalla ansambli Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of Yalla ansambli Android App, We have 1 version in our database. Please select one of them below to download.