“Yo’lni Och” o’yini – bu kattalar va bolalar uchun qiziqarli, boshqotirmali, aqlni charxlovchi va miyani reflekslarga oshiruvchi o’yin bo’lib, u kattalar va bolalarga birdek yoqadi.
Shuningdek, bu o’yin vaqtni juda maroqli va qiziqarli o’tkazishga yordam beradi.
Bundan tashqari siz o’yinayotganingizda hisob-kitob qilish va yurishlarni oldindan ko’ra bilish qobiliyatingizni oshirasiz.
O’yin vaqtida aslo zerikib qolmaysiz.
Bu o’yin juda oddiy va aslo qiyin emas.
O’yin vaqtida bitta qizil va bir nechta boshqa rangdagi yog’ochchalar paydo bo’ladi, sizning vazifangiz qizil rangdagi yog’och yo’liga to’g’anoq bo’lib turgan ochroq rangdagi yog’ochlarni jildirib, qizil rangli yog’ochni ochiq luzaga kirgizib yuborish.
Buning uchun siz yog’ochlarni boshqarasiz, bu esa juda ham oson bajariladi: barmog’ingiz bilan yog’ochni chapga yoki o’nga boshqarasiz, bu bilan siz yog’ochlarni harakatlantirasiz, ekranning ustgi qismida siz ikkita ko’rsatgich ko’rasiz: birinchisi eng zo’r (eng kam yurish bilan) bosqichni tamomlagan haqida ko’rsatgich, ikkinchisi siz o’yin vaqtida yurgan yurishlaringiz soni haqida ma’lumot.
Agar siz qizil rangli yog’ochchani ochiq oraliqqa jo’natib yuboraolmasangiz siz o’yinning bu bosqichidan o’ta olmaysiz.
O’yinning o’ziga hosligi shundaki, u butinlay O’zbek tilida!
Bu qiziqarli o’yin sizga va bolalaringizga juda yoqadi degan umiddamiz!
uzum.asia
This version of Yo'lni Och Android Game comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of Yo'lni Och Android Game, We have 1 version in our database. Please select one of them below to download.