Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 3 3.0 Icon

Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 3

Sado Music & Audio
0
0 Ratings
88K+
Downloads
3.0
version
Dec 07, 2020
release date
48.4 MB
file size
Free
Download

What's New

Yulduz Usmonova qo'shiqlari

About Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 3 Android App

Yulduz O`rayimoxunovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Marg`ilonda tug`ilgan) — o`zbek estrada xonandasi, bastakor. O`zbekiston (1995), Qoraqalpog`iston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). O`zi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 yildan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qo`shiqchiligiga katta hissa qo`shib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, jo`shqinlik, ko`tarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qo`shiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan o`rin olgan aksariyat qo`shiqlarning (so`zi va musiqasi) muallifi.
Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qo`llash orqali vatanparvarlik ruhidagi jo`shqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida o`ziga xos daʼvat qo`shiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston», «O`zingdan qo`ymasin, xalqim», «Elim», «O`zbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr o`zbek qo`shiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «G`iybat, bo`hton o`ldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qo`shiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qo`shiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini o`ynagan, ko`pgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qa`ridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolg`on dunyo» kinofilmlar uchun qo`shiqlar ijro etgan.
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qo`shiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor bo`lgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo`lgan.
2-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati

Ushbu ilovada Yulduz Usmonovaning:

- Aravay
- Azaldan loyimni
- Bu yo`llar
- Do`stga zor
- Duo qilaylik
- Ey yor
- Iymon
- Kimga kim zor ekan
- Men sen bilan qirolichaman
- Musofirlik nonini yeganlar
- Ona
- O`zbekoyim
- Qo`rqaman
- Samarqand
- Siz menga kerak
- Xalq bilan bo`l
- Yana bahor
- Yorim kelar
- Yormikan
- Yursin karvonlar
- Ko`rmasam bo`lmas
- Yuztadan bitta nomli taronalari joy olgan.

Other Information:

Package Name:
Requires Android:
Android 4.4+
Other Sources:

Download

This version of Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 3 Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.

Variant
3
(Dec 07, 2020)
Architecture
universal
Minimum OS
Android 4.4+
Screen DPI
nodpi (all screens)

All Versions

If you are looking to download other versions of Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 3 Android App, We have 2 versions in our database. Please select one of them below to download.

Loading..