Yulduzli tunlar
„Yulduzli tunlar“ — o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida so‘z yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida o‘n yil (1969-1978) davomida ish olib borgan. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asos bo‘lgan.
„Yulduzli tunlar“ zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Qodirov 80-yillarda „Yudduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish, Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan.
„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tiliga, jumladan, rus, qoraqalpoq, qirg‘iz, qozoq, urdu, turkman, hind hamda bengal tillariga tarjima qilingan.
Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk yelkamdan tushganday bo‘lgan edi.
Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim. Qo‘lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o‘qib fikr aytishdi. Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo‘lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o‘qishib, yozma taqrizlar berishdi.
Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o‘tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan — «Boburnoma»day asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrirlarim ko‘proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi.
1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan roman kitob bo‘lib chiqdi. 1981-yilda unga Davlat mukofoti ham berilganligi mustabid tuzum zolimlarining qahrini keltirgan bo‘lsa kerak. Ular «paxta ishi», «o‘zbek ishi» degan dahshatli tuhmatlar davrida Amir Temur va Bobur mirzoga qarshi yangi hujumlar uyushtirib, meni ham roman bilan birga loyqa sellar girdobiga tortib tushurishga urinib ko‘rdilar.
Lekin jamoat fikri uyg‘ongan, istiqlolimiz tongi otayotgan paytlar edi. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonga rahbar bo‘lgan kundan boshlab tarixiy adolatni tiklashga juda katta e’tibor berdi. Dilimizda armon bo‘lib yurgan ezgu orzularning ushalishi uchun endi imkon yaratildi.
This version of Yulduzli tunlar Android App comes with one universal variant which will work on all the Android devices.
If you are looking to download other versions of Yulduzli tunlar Android App, We have 6 versions in our database. Please select one of them below to download.